Barcha yangiliklar     Jahonda     Siyosat     Jamiyat     Iqtisodiyot     Moliya     Sug'urta      Barcha loyihalar Ro'yxatdan o'tish  /  Kirish
Tizimga kirish
Login
Kalit so'z
Mahfiy so'zni eslash
Ro'yxatdan o'tish
O'zbekistonning yangiliklari - UzReport.uz
Mobil muhbir Facebook   Twitter   RSS RU  EN  UZ
Bosh sahifa   Yangiliklar  





UzRating

Яндекс.Метрика
Iqtisodiyot  

 

Boshqa yangiliklar
 
So'nggi 10 yil ichida mamlakatimizdan quruq mevalar va yong'oqlar eksporti 5 barobarga ortgani buning yorqin dalilidir. "O'zagroeksport" kompaniyasi tarqatgan ma'lumotiga ko'ra 2016 yilda mamlakatimiz korxonalari 818,5 ming tonna meva va sabzavot mahsulotlari eksport qildi. Bu avvalgi yilga qaraganda 38,3 foiz ko'pdir. Bu ko'rsatkich 2017-yilda 1,27 mln tonna bo'lishi kutilmoqda.
 
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2016 yilda iste'molchilar foydasiga 2,9 mlrd so'm qayta hisob-kitob qilindi. Qo'mita iste'molchilar huquqini himoya qilish ishlarini 2017 yilda ham davom ettiradi.
 
2017 yil 1 yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatini ko'rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanish uchun to'lov oyiga 2000 so'm etib belgilandi.
 
2-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni imzolandi. Ushbu farmon me'yorlari hamda ularni amalga oshirish borasida kelgusidagi rejalarni belgilab olish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining ishchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 25-dekabr kuni Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Prezidentimiz dastlab "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasiga tashrif buyurdi. Kombinatda so'nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar, iqtisodiy ko'rsatkichlar va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. "Navoiy kon-metallurgiya" kombinati mamlakatimizdagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxonada 2017-2021-yillarda 16 yangi yirik loyiha amalga oshirilishi mo'ljallangan. Davlatimiz rahbari mazkur loyihalarni o'z vaqtida va yuqori sifat darajasida amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yangi yirik loyihalar bilan tanishdi. Birinchi loyiha kaustik soda va metanol ishlab chiqarishga yo'naltirilgan bo'lib, yiliga 260 million dollarlik mahsulot tayyorlash o'zlashtiriladi. 900 dan ziyod yangi ish joyi tashkil etilishi ko'zda tutilgan mazkur loyiha to'la mahalliylashtirish dasturi asosida ishlaydi. Ikkinchi loyiha doirasida ammiak karbamid ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Yiliga 173 million dollarlik mahsulot tayyorlash imkonini beradigan mazkur korxonada 500 ga yaqin ish o'rni tashkil etiladi. Azot kislotasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchinchi loyiha energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi. Bu yerda tayyorlangan mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilishi bilan birga eksportga ham jo'natiladi. Korxona ishga tushishi bilan azot o'g'itlarining narxi sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur yangi loyihalarni tez va sifatli amalga oshirish iqtisodiyotimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Prezidentimiz "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida bo'lib, bu yerdagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini ko'zdan kechirdi. Bugungi kunda "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarda 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2008-yilda tashkil etilgan mazkur erkin iqtisodiy zonada bugungi kunda Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya, Hindiston, Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan hamkorlikda avtomobil sanoati uchun zarur ehtiyot qismlar, energetika tizimida foydalaniladigan kabel, raqamli telemoslamalar, maishiy elektron texnikalar va boshqa xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2015-yilda mazkur iqtisodiy zonadagi korxonalar tomonidan 184 milliard so'mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, 5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Prezidentimiz iqtisodiy zona faoliyatini yanada takomillashtirish, xorijlik yangi hamkorlarni jalb etish borasidagi ishlarni jadallashtirish lozimligini, istiqboldagi vazifalar g'oyat salmoqli ekanini alohida ta'kidladi. Iqtisodiy zonada yaratilgan ulkan imkoniyatlar, imtiyozlar, shart-sharoitlardan to'la, samarali foydalanish zarurligi, bu iqtisodiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Davlatimiz rahbari "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida 2017-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 15 loyiha bilan tanishar ekan, ularning zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirish, iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilish, importni qisqartirish va eksport hajmini oshirishdagi ahamiyati katta ekanligini alohida ta'kidladi. Mazkur iqtisodiy zona faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

 






Jamiyat
O'zbekiston ekologik harakatining hisoboti eshitildi

Sport
La Liga. 35-tur. Yetakchilar ochko yo'qotishmadi

Sport
UZREPORT TV telekanali APL va La ligadan dan o'rin olgan 6ta o'yinni jonli efirda namoyish qiladi

Sport
Bugun UZREPORT TVda "Real Madrid" va "Barselona" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar jonli efirda namoyish etiladi

Sport
Boks. WBA Klichko - Joshua jangiga maxsus kamar tayyorladi

Sport
APL. 35-tur. "Lester" va "Bornmut" g'alaba qozonishdi

Sport
UZREPORT TV telekanali UVSCF bilan hamkorlikda Kiberfutbol bo'yicha yurtimizda 1-Xalqaro musobaqa tashkil etadi


Copyright © 1999 — 2017, O'zbekiston yangiliklari - UzReport.uz
2009 yil 14 dekabrda O'zbekiston matbuot va axborot agentligi
tomonidan berilgan ro’yхatga olish to’g'risidagi 0605-sonli guvohnoma.
Agentlik haqida
Bizning xizmatlar
Ishga taklif etamiz
Sayt ma'lumotlaridan foydalanish
Yopiq ma'lumotlarga ulanish
Foydalanuvchining bitimi
Saytda reklama
Aloqalar
Mobil muhbir